O‘zbekistonda 517 nafar bemor koronavirusni yengdi
Jamiyat
−
10 avgust 2020
8003Bugun, 10 avgust kuni soat 16:30 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan 517 nafar bemor sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Vazirlik xabariga kora:
• Toshkent viloyatida 235 nafa;
• Samarqand viloyatida 104 nafar;
• Toshkent shahrida 102 nafar;
• Navoiy viloyatida 16 nafar;
• Surxondaryo viloyatida 15 nafar;
• Andijon viloyatida 12 nafar;
• Sirdaryo viloyatida ham 12 nafar;
• Jizzax viloyatida 11 nafar;
• Xorazm viloyatida 7 nafar;
• Farg‘ona viloyatida 3 nafar bemor ushbu virusdan forig‘ bo‘ldi.
Respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 22 559 (+517) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 72 foizni tashkil qilmoqda.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi