O‘zbekistonda 50 yoshdan keyin turmush qurganlar soni ochiqlandi
Jamiyat
−
10 dekabr 2024 7171 1 daqiqa
O‘zbekistonda 10 oy davomida 50 yosh va undan katta yoshda turmush qurganlar soni ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2024 yil yanvar-oktyabr oylarida FHDYO organlarida jami 215 mingta nikoh holatlari qayd etilgan.
Shulardan aholining 50 va undan katta yoshda nikoh qurganlarning umumiy soni 5314 nafarni tashkil qiladi. Jins bo‘yicha taqsimlanishi esa quyidagicha:
Erkaklar – 4 153 nafar
Ayollar – 1 161 nafar
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda joriy yilning 3-choragida 60 yoshdan keyin 439 nafar, 70 yoshdan keyin 33 nafar erkak farzandli bo‘lgani ma’lum qilingandi. Hisobotga ko‘ra, 2024 yilning 3-choragida respublika bo‘yicha 179 425 ta nikoh qayd etilgan bo‘lib, ularning 149 814 tasi 30 yoshgacha bo‘lgan juftliklar o‘rtasida tuzilgan. Bu bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Samarqand viloyatida qayd etilgan. Oilalar o‘rtacha 24 yoshda nikoh tuzgan.
Live
Barchasi