O‘zbekistonda 46 daraja issiq va changli bo‘ron bo‘lishi kutilmoqda
Bu qiziq
−
23 iyul 2021
34434Joriy yilning 24-26 iyulda O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi hisobiga, issiq ko‘tarilishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Shu kunlarda havo harorati iqlimiy me’yorlardan 4-6 darajaga yuqori bo‘ladi.
Kunduz kunlari havo 40-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 45-46 darajagacha isiydi.
25-27 iyulda respublika hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.