O‘zbekistonda 4 kunlik dam olishdan so‘ng vaksinatsiya qayta boshlandi
Jamiyat
−
18 may 2021
2772Hayit bayrami munosabati bilan e’lon qilingan 4 kunlik dam olish kunlarida vaksinatsiya tadbirlari amalga oshirilmadi. Emlash jarayonlari davom etadi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 17 may kuni O‘zbekiston hududlari bo‘ylab jami 61 546 doza COVID-19 ga qarshi vaksina qo‘llanildi.
Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 14 989 nafarni;
- 2-bosqichda emlanganlar 46 557 nafarni tashkil qildi.
Shu tariqa ayni kungacha mamlakatda jami 1 mln 346 761 doza vaksinadan foydalanildi.
Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 1 mln 110 101 nafarni;
- 2-bosqichda emlanganlar 236 660 nafarni tashkil qildi.
17 may kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
- Farg‘ona viloyati (11 073 doza);
- Samarqand viloyati (7597 doza);
- Namangan viloyati (6285 doza) band qildi.
E’tiborli jihati shuki, koronavirusga qarshi jami emlashlar soni:
- Farg‘ona viloyatida 181 285 doza;
- Andijon viloyatida 165 488 doza;
- Namangan viloyatida 146 623 doza;
- Samarqand viloyatida 131 268 dozani tashkil qilmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda AstraZeneca, “Sputnik V” va o‘zbek-xitoy vaksinasidan foydalanilmoqda.
LiveBarchasi