O‘zbekiston 3 oylik zarur mahsulotlar zaxirasini shakllantiradi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda zarur oziq-ovqat mahsulotlarining 3 oylik zaxirasi shakllantiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tildi.

Yig‘ilishda qayd etilishicha, jahonda oziq-ovqat mahsulotlari narxi keskin o‘zgarishi prognoz qilinmoqda. Shu bois ichki bozorga asosiy turdagi tovarlarni kafolatli yetkazib berish uchun maxsus jamg‘arma tashkil qilinib, 50 million dollar ajratilgan.

Ushbu mablag‘lar hisobidan birinchi navbatda o‘simlik yog‘i va boshqa zarur mahsulotlarni sotib olib, kamida 3 oylik zaxira yaratish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Xuddi shunday ishlar hokimliklar qoshida tashkil etilgan jamg‘armalar orqali ham amalga oshirilib, har bir hudud o‘z zaxirasini shakllantirishi kerakligi ta’kidlandi.

Bosh vazirga oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha barcha ishlarni muvofiqlashtirish, ichki bozorlarni tahlil qilib, ularga zarur oziq-ovqat mahsulotlarini intervensiya qilish, bu borada tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash vazifasi qo‘yildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev zaxira

Baholaganlar

209

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing