O‘zbekistonda 3 kunda salkam 24 ming kishi koronavirusga qarshi emlandi

Jamiyat

image

Kecha, 3 aprel – vaksinatsiyaning uchinchi kunida Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan jami 9551 nafar fuqaro emlandi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya xizmati xabar berdi. 

Vaksina olganlarning 3441 nafarini 65 yoshdan yuqori fuqarolar va 6110 nafarini tibbiyot xodimlari tashkil qilgan.

3 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni: 

  • Toshkent shahri (2105 nafar);
  • Namangan viloyati (1189 nafar); 
  • Buxoro viloyati (1166 nafar);
  • Andijon viloyati (1083 nafar);
  • Toshkent viloyati (844 nafar) band qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 aprel kuni  5018 nafar, 2 aprel kuni 9211 nafar fuqaro emlangan edi. 

Emlash jarayonlari davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

57

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing