O‘zbekistonda 2021 yildan ko‘chmas mulk solig‘i kadastr qiymati asosida hisoblanadi

Jamiyat

image

Yer uchastkalari va ko‘chmas mulk ob’ektlariga soliq solishni yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘ini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Hujjatda bir qator yangiliklarni joriy etish nazarda tutilgan.

Stavka belgilash huquqi:

•    mahalliy davlat hokimiyati organlariga yer solig‘i stavkalarini (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan tashqari) belgilash huquqini berish;

•    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlariga (Toshkent shahridan tashqari) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun, ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, 0,5 dan 2,0 gacha yer solig‘i stavkasi koeffitsiyentini belgilash;

•    tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun ularning hududlarida joylashgan mavze, masssiv, mahalla, ko‘cha kesimida kamaytiruvchi va oshiruvchi 0,7 dan 3,0 gacha yer solig‘i stavkasi koeffitsiyentini belgilash huquqiga ega bo‘ladi. Bunda, yer solig‘i summasi 2020 yil uchun hisoblangan soliq summasining 1,3 barobaridan oshmasligi kerak. Bu ijtimoiy keskinlikni pasaytiradi va jismoniy shaxslarga nisbatan soliq yuki keskin oshib ketishining oldini oladi;

Ko‘chmas mulk (binolar, inshootlar va yer uchastkalari) ob’ektlarini bozor qiymatiga yaqin bo‘lgan kadastr qiymati asosida mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini hisoblash tizimini joriy etish ikki bosqichda amalga oshiriladi:

•    2021-2023 yillarda ko‘chmas mulk bo‘lgan turar joy fondi ob’ektlari (kvartiralar, yakka tartibdagi uy-joylar, dala hovlilar), shuningdek ushbu ob’ektlar egallab turgan yer uchastkalariga;

•    2022-2024 yillarda yashash uchun mo‘ljallanmagan alohida ko‘chmas mulk ob’ektlari, shuningdek ushbu ob’ektlar egallab turgan yer uchastkalariga.

Quyidagilar orqali yer va suv resurslaridan, yer qa’ri qazilmalaridan foydalanish samaradorligi oshiriladi:

•    qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun soliq solishning yagona tartibi joriy etiladi;

•    kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalarga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2020 yil darajasida saqlab qolinadi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish qismi va baliq yetishtirish, shu jumladan dehqon xo‘jaliklari suv hajmi bo‘yicha 1 kub.metr uchun 40 so‘m. miqdorida yagona soliq stavkasi belgilanadi;

•    jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning 2018 yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblangan summasi 2020 yil uchun hisoblangan soliq summasininng 1,3 barobaridan oshmasligi kerak.

•    yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha yillik hisobotni taqdim etish bilan bir vaqtda yer qa’ridan foydalanuvchilar soliq organlariga foydali qizilmalar zaxirasi harakati to‘g‘risidagi hisobotni soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda taqdim etish tartibi belgilanadi;

Farmonda Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish ham nazarda tutilgan (2021 yil 1 yanvardan kuchga kiradigan normalar bo‘yicha). Shuningdek, ko‘chmas mulk ob’ektlarini soliqqa tortishni yangi tizimini joriy etish bozor qiymatidan kelib chiqqan holda vazirlik va idoralar o‘rtasida, xalqaro moliya institutlari va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda (o‘zaro choralar ko‘rish, ma’lumot to‘plash va boshqalar) hamkorlikda amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

soliq

Baholaganlar

137

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing