O‘zbekistonda 2021 yilda qancha nikoh qayd etilgan?

Jamiyat

−

image

O‘zbekistonda o‘tgan yilda respublika bo‘yicha 305 082 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Bu haqda  Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.

Bu o‘tgan 2020 yilning mos davriga nisbatan 8 331 taga ko‘p.

Oylar kesimida qayd etilgan nikohlar soni quyidagicha:

•  yanvar oyida – 19 703 ta;
•  fevral oyida – 16 346 ta ;
•  mart oyida – 23 829 ta;
•  aprel oyida – 17 236 ta;
•  may oyida – 19 722 ta;
•  iyun oyida – 22 127 ta;
•  iyul oyida – 24 491 ta;
•  avgust oyida – 31 518 ta;
•  cyentyabr oyida – 31 741 ta;
•  oktyabr oyida – 35 706 ta;
•  noyabr oyida – 34 390 ta;
•  dekabr oyida – 28 273 ta.

Shu o‘rinda, statqo‘m hududlar kesimida tuzilgan niqohlar sonini ham ochiqladi. Unga ko‘ra:

•  Qoraqalpog‘iston R. – 15 742 ta;
•  Andijon viloyati – 26 750 ta;
•  Buxoro viloyati – 16 937 ta;
•  Jizzax viloyati – 13 319 ta;
•  Qashqadaryo viloyati – 30 580 ta;
•  Navoiy viloyati – 9 229 ta;
•  Namangan viloyati – 25 022 ta;
•  Samarqand viloyati – 36 228 ta;
•  Surxondaryo viloyati – 26 505 ta;
•  Sirdaryo viloyati – 8 064 ta;
•  Toshkent viloyati – 25 756 ta;
•  Farg‘ona viloyati – 32 732 ta;
•  Xorazm viloyati – 15 541 ta;
•  Toshkent shahri – 22 677 ta.

Avvaroq, o‘tgan yilning 1 dekabr holatiga respublika bo‘yicha 35 660 ta ajrim holatlari qayd etilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

72

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing