O‘zbekistonda ajrimlar bo‘yicha qaysi hudud yetakchi?

Jamiyat

image

Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston bo‘ylab eng ko‘p ajrim Toshkent shahrida qayd etilgan. Eng kami esa Navoiy viloyatida. Bu haqda davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida hududlar kesimida qayd etilgan ajralishlar soni:

  • Qoraqalpog‘iston R. – 1305 ta  
  • Andijon viloyati – 3572 ta;
  • Buxoro viloyati – 1874 ta;
  • Jizzax viloyati – 1172 ta;
  • Qashqadaryo viloyati – 2534 ta;
  • Navoiy viloyati – 1121 ta;
  • Namangan viloyati – 2805 ta;
  • Samarqand viloyati – 3793 ta;
  • Surxondaryo viloyati – 2046 ta;
  • Sirdaryo viloyati – 1282 ta;
  • Toshkent viloyati – 3770 ta;
  • Farg‘ona viloyati – 3917 ta;
  • Xorazm viloyati – 1349 ta;
  • Toshkent shahri – 5120 ta.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 11 oyida 35 660 ta ajrim holatlari qayd etilgan. Noyabr oyida respublika bo‘yicha jami 3 428 ta ajrim ro‘yxatga olingan.

Shu o‘rinda joriy yilning 11 oyida O‘zbekistonda 276,9 mingta nikoh tuzilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

300

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing