O‘zbekistonda 2021 yilda 9,5 mlrdlik elektr energiya o‘g‘irlangan

Jamiyat

image

Joriy yilning o‘tgan davrida 9,5 mlrd so‘m miqdorida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, vazirlik huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari yuzasidan doimiy ravishda tekshiruvlar o‘tkazib borilmoqda.

Xususan, ayrim “tadbirkorlik sub’ektlari” tomonidan 9 mlrd 504 mln so‘m miqdorida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan. Ushbu hajmdagi elektr energiyasi 107 ming aholi iste’molchining 1 oylik iste’molini tashkil qiladi.

O‘tkazilgan tekshirish hujjatlari qonun doirasida chora kurilishi uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlariga yuborilgan.

Avvalroq Toshkent viloyatida ikkita avtomobilga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi noqonuniy ravishda 100 ming xonadonga bir kunga yetadigan gazni o‘g‘irlagani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

134

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing