O‘zbekistonda 16% bolalar yolg‘iz onalar qaramog‘ida
Jamiyat
−
26 noyabr 2022
7470O‘zbekistonda 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarning, 16 foizi faqat onasi, 2 foizi esa faqat otasi bilan birga yashaydi. 79 % bolalar esa ota-onasi bilan to‘laqonli oilada hayot kechiradi.
Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi YUNISEF bilan hamkorlikda o‘tkazgan Multiindikator klaster kuzatuvlari natijalariga ko‘ra ma’lum qilgan.
2022 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, respublikada 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni 12 mln 118 ming 591 kishini tashkil qiladi.
Unda aytilishicha, Bolalarning 3 foizi biologik (ya’ni tug‘ishgan) ota-onalari bilan birga yashamaydi.
Qayd etilishicha, uy xo‘jaliklarining 81 foizida 17 yoshgacha, 42 foizida 5 yoshgacha bo‘lgan kamida bitta bola istiqomat qiladi.
Ma’lumot o‘rnida, Multiindikator klaster kuzatuvlari – YUNISEF tomonidan ishlab chiqilgan uy xo‘jaliklarining tanlanma kuzatuvi xalqaro dasturi bo‘lib, asosan bolalar va ayollar holatini baholash maqsadida ko‘p ko‘rsatkichli ma’lumotlarni to‘playdi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15