O‘zbekistonda 1200 ta maktab qog‘oz jurnal va kundalikdan voz kechadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab 1200 ta maktabda qog‘oz kundaliklar va jurnallar bekor qilinadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.

“Mazkur yangilik o‘z navbatida o‘qituvchilarni qog‘oz jurnallarni to‘ldirish va hisobotlarni qo‘lda yozishga ketadigan vaqtlarini iqtisod qilish bilan birga ota-onalar va maktab orasida elektron hamkorlikni yanada yuqori darajaga ko‘tarishga xizmat qiladi”, deyiladi xabarda. 

Elektron kundalik ota-onalarga onlayn rejimda maktabdagi barcha voqealar va farzandlarining baholaridan xabardor bo‘lish, sinf rahbarlari va boshqa o‘qituvchilar bilan aloqani ushlab turish hamda o‘quvchiga ta’lim jarayonidagi qiyinchiliklarni yengib o‘tishiga o‘z vaqtida yordam berish mumkinligi ta’kidlanmoqda. 

Kundalik.com TAS-IX zonasida joylashgan bo‘lib, platforma bilan ishlaganda barcha operatorlar, jumladan mobil operatorlar tomonidan internet-trafik sarflanmaydi. Foydalanuvchilar haqidagi hamma ma’lumotlar “O‘zbektelekom” serverlarida saqlanadi. Bu ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari haqidagi shaxsiy ma’lumotlar ishonchli himoya ostida ekanini bildiradi. 

Mazkur yangi tizimga to‘liq o‘tish orqali, ota-onalar sinf rahbari bilan Telegram va boshqa messenjerlar orqali bog‘lanishiga hojat qolmaydi, natijada unga ketayotgan trafik ham iqtisod qilinadi va Telegram orqali shaxsiy ma’lumotlarni tarqab ketishi oldi olinadi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

125

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing