O‘zbekistonda 1000 so‘mlik tangalar muomalaga chiqarilyapti

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yilning 26 dekabridan boshlab nominal qiymati 1000 so‘m bo‘lgan tanga ko‘rinishida pul belgilari muomalaga chiqariladi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.  

MBning nominal qiymati 1000 so‘m bo‘lgan tanga ko‘rinishidagi pul belgisi 2 xil rangdagi kombinatsiyadan iborat bo‘lib, ichki aylanasi sariq rangli mis va latun, tashqi aylanasi kumush rangli nikel qotishmasidan tayyorlangan.

Tanga diametri – 26,27 mm., ichki disk diametri – 17,6 mm., qalinligi – 1,6 mm., og‘irligi – 7,3 gr.

Tanganing old tomonida (avers) Toshkent shahrida bunyod etilayotgan “Islom sivilizatsiyasi markazi”ning binosi tasvirlangan.

Tasvirning pastki qismida botiq holda tanga qiymati “1000” raqami va lotin bosma harflarida “so’m” so‘zi yozilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

333

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing