O‘zbekistonda 1 oktyabrgacha qancha fuqaro vaksina olishi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
09 Sentabr 2020
10180O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 26 avgustda imzolagan "Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida umumta’lim maktablari direktorlari, o‘qituvchilari va boshqa xodimlari joriy yilning 1 oktyabriga qadar grippga qarshi emlanishi nazarda tutilgan edi.
Ushbu qarorga muvofiq, joriy yilning 1 oktyabr sanasiga qadar 1 milliodan ziyod fuqaro gripp virusiga qarshi emlanadi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, ushbu vaksina bilan 1 million 200 mingdan ortiq fuqarolar emlanishi ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, aholi o‘zining hohishi bilan emlanishi ham mumkin.
Gripp virusiga qarshi vaksina bilan 3 oylik chaqaloqlardan tortib, qariyalargacha emlanishiga ruxsat berilgan. Ushbu vaksina bilan emlanganlarda 1 yil davomida gripp kasalligiga chalinmaslik holati kuzatiladi.
Vaksina bilan koronavirusga chalingan bemorlarni ham emlash mumkin. Bu orqali organizm o‘zi uchun qo‘shimcha immun tizimini hosil qiladi
“Gripp virusiga qarshi vaksina bilan emlash organizmda virusga qarshi immun tizimining kuchayishiga olib keladi. Ularga gripp kasalligi yuqqan taqdirda ham yengil kechishi mumkin”, deydi Botir Qurbonov.
Ushbu videointervyuni QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi