O‘zbekistonda 1 fevraldan nimalar o‘zgaradi?

Bu qiziq

image

Adliya vazirligi O‘zbekistonda 1 fevraldan boshlab kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar ro‘yxatini taqdim etdi.

1. Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, jarimalar hamda stipendiyalar miqdori oshiriladi

Prezident qaroriga ko‘ra, byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi.

Shuningdek, 2021 yil 1 fevraldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida:

•    mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 747 ming 300 so‘m;
•    bazaviy hisoblash miqdori (BHM) — 245 ming so‘m etib belgilandi.

BHM miqdori 245 ming so‘m etib belgilanishi ortidan BHMga bog‘langan ma’muriy va boshqa jarimalar miqdorlari ham oshadi.

2. Viloyatlar markazlarida tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatish boshlanadi

“Tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Hukumat qaroriga muvofiq, tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlari Toshkent va Nukus shaharlarida, 2021 yil 1 fevraldan barcha viloyatlar markazlarida, 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab esa — butun respublika hududida ko‘rsatiladi.

Ma’lumot uchun, tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlari:

•    bolaning ota-onasi yoki vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoki ularning yaqin qarindoshlariga yoxud ota-onasidan biri vakolat bergan boshqa shaxslarga tug‘ilganlik haqidagi tibbiy ma’lumotnoma berish;
•    tug‘ilganlikni qayd etish;
•    poliklinikaga hisobga qo‘yish;
•    bir martalik nafaqa pulini olish;
•    bolani otasi yoki onasi yohud vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi doimiy ro‘yxatda turgan manzili bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yish;
•    bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga navbatga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini qamrab oladi.

3. Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan eksportchi tashkilotlarga eksportoldi moliyalashtirish ajratiladi

“2021 yilda O‘zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qaroriga muvofiq, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan eksportchi tashkilotlarga eksportoldi moliyalashtirish ajratilishini ta’minlaydi.

4. Bir qator neft mahsulotlariga soliq stavkalari oshiriladi

O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-659-sonli Qonuniga asosan quyidagi bir qator neft mahsulotlariga soliq stavkalari oshiriladi:

•    Ai-80 tonnasiga ;
•    Ai-90 va undan yuqori;
•    aviakerosin (sintetikdan tashqari);
•    dizel yoqilg‘isi (sintetikdan tashqari);
•    EKO dizel yoqilg‘isi (sintetikdan tashqari);
•    dizel yoki karbyurator (injektor) dvigatellari uchun motor moyi.

Bundan tashqari, Qonun bilan tamaki va alkogol mahsulotlarining ham soliq stavkalari oshiriladi.

5. Sudyalikka nomzodlar imtihoni Internet tarmog‘ida onlayn yoritish tartibi amalga kiradi

Prezident farmoniga muvofiq, sud tizimida korrupsiya holatlarining oldini olish, Sudyalar oliy kengashi va sud tizimi faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasida:

•    ilk bor sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash bo‘yicha imtihon jarayonlarini Internet tarmog‘i (veb-sayt) orqali onlayn tarzda yoritib borishni yo‘lga qo‘yish;
•    sudyalik lavozimiga nomzodlar va sudyalarning psixologik portreti bo‘yicha kasbga munosibligini baholashga ko‘maklashuvchi elektron dasturni ishlab chiqish va joriy qilish;
•    sudya faoliyatining samaradorligini elektron reyting orqali ochiq va shaffof baholashni ta’minlaydigan aniq mezonlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish ishlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, 1 fevraldan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali ipak chiqindilari va xom ipakning olib chiqilishini monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

1 fevral'

Baholaganlar

2137

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar