O‘zbekistonda havo harorati pasayib, yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda
Bu qiziq
−
17 fevral 2021
66553Joriy yilning 18-21 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va deyarli salqin havo massalari kirib keladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Ma’lum qilinshicha, 18-19 fevralda Respublikada shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zi joylarda 25-30 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
19 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
20-21 fevralda respublikada yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
20-21 fevralda havo harorati kunduz kunlari 8-13 daraja iliqqacha, kechalari 2-7 daraja iliqqacha pasayadi.
LiveBarchasi