O‘zbekistonda havo harorati pasayib, chang-to‘zon bo‘lishi kutilmoqda

Bu qiziq

image

Joriy yilning 18-20 avgust kunlari O‘zbekiston hududiga Ural hududidan salqin havo kirib keladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi direktori Habibulla Sherzodxo‘ja xabar berdi. 

18-20 avgustda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi kutilmoqda. Jumladan:

18 avgustda Buxoro, Navoiy viloyatlarida;

19-20 avgustda Buxoro, Navoiy,Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Farg‘ona, Namangan viloyatlarida shamol kuchayishi 24-27 m/s ga yetishi mumkin.

19-20 avgustda kunduzgi havo harorati +27...+32 darajagacha pasayadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

802

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing