O‘zbekistonda havo harorati keskin pasayadi

Bu qiziq

image

Ertaga, 30 sentyabrda O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 1-3 oktyabrda respublikaning qolgan hududlariga Volga bo‘yi orqali Rossiyaning (Moskva viloyati) markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

1-3 oktyabrda havo harorati kechalari asta-sekin 3-8 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 12-17 daraja iliqqacha, shimolda kechalari 0-5 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqqacha pasayadi.

1-2 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda, 3 oktyabrda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, 2-3 oktyabrda tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi.

30 sentyabrda va 1-2 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

799

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing