O‘zbekistonda havo harorati keskin pasayadi (video)
Jamiyat
−
30 Oktabr 2025 43334 1 daqiqa
O‘zbekistonga joriy yilning 3 noyabridan boshlab sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, 3 noyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 4-6 noyabr kunlari respublikaning barcha hududlariga sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda.
Shuningdek, 3-5 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda qorga aylanadi.
4-6 noyabrga borib havo harorati asta-sekin pasayadi va kechalari 0-3 daraja iliqni tashkil etadi, ba’zi joylarda sovuq bo‘lishi mumkin, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqqacha bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zgidromet O‘zbekistonning qator hududlarida kuchli shamol va chang-to‘zonlar kuzatilishi haqida ogohlantirgan edi.
Live
Barchasi