O‘zbekistonda havo harorati 32 darajagacha ko‘tariladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda 4-5 aprel kunlari Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari kirib keldi. Bu esa Respublikaning barcha viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishiga sabab bo‘ldi. Tog‘ oldi hududlarida esa kuchli yomg‘ir yog‘di.

Shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchaydi. Ushbu hafta boshidan esa havoning o‘zgarishi, yog‘ingarchiliksiz iliq havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Xususan, 6 apreldan Respublikaning shimoliy hududlariga Erondan iliq va quruq havo massalari kirib kela boshladi. Havo harorati 18-20°ko‘tariladi. Ayrim tog‘oldi hududlarida yomg‘ir yogishi mumkin.

7-9 aprel kunlarida esa iliq havo massalari  O‘zbekistonnig barcha hududlariga tarqaladi. Havo harorati Markaziy sharqiy hududlarda kunduzi 23-26°, shimolda va janubda 27-32° gacha iliqlashadi.

Orzugul Karimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

1771

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing