O‘zbekistonda harorat -15 darajagacha pasayishi kutilyapti
Bu qiziq
−
16 noyabr 2020
51740Joriy yil 18-20 noyabrda O‘zbekiston hududlariga G‘arbiy Qozog‘iston orqali Ural (Yekaterinburg) hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
18-19 noyabrda respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 18 noyabrda Buxoro, Navoiy viloyatlarining ba’zi joylarida biroz qor yog‘ishi mumkin. 19 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
18-19 noyabrda respublikaning tog‘ hududlarida qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
Respublikaning ba’zi joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
18-20 noyabrda barcha joylarda harorat kechalari -8...-13 darajagacha, shimolda -10...-15 darajagacha, kunduz kunlari 0...-5 darajagacha pasayishi kutilmoqda.
O‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati me’yordan -10...-15 darajaga kam bo‘lishi kutilmoqda.