O‘zbekistonda harorat -10 darajagacha tushib, kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda

Bu qiziq

image

Joriy yilning 17-20 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi hududiga Erondan iliq va nam havo, so‘ngra Volga bo‘yi hududlaridan sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi Bosh direktori Sherzodxo‘ja Habibullaxo‘ja ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 17-18 martda respublika hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 18 martda ba’zi joylarda yomg‘ir qisqa muddatga qorga aylanishi mumkin.

17 martda Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.

18 martda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.

Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi. 17-18 martda respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

17 martda Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin. 18 martda Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin.

19-20 martda kechalari havo harorati 0-3 gacha pasayadi, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda havoda va tuproq yuzasida -1 -2 sovuqqacha bo‘lishi mumkin.

19-20 martda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va cho‘l hududlarida harorat -2 -6 sovuqqacha, Qoraqalpog‘istonning shimolida ba’zi joylarda harorat -7 -10 sovuqqacha bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

1628

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing