O‘zbekistonda har to‘rt o‘qituvchidan uch nafari ayollar – statistika
Jamiyat
−
11:15 241 1 daqiqa
O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida 577,7 ming nafar o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich 2025/2026 o‘quv yili boshiga tegishli bo‘lib, o‘qituvchilar soni o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 12,8 ming nafarga ko‘p. Bu 2,3 foizga oshganini bildiradi.
Jami o‘qituvchilarning 418,8 ming nafari ayollar, 158,9 ming nafari esa erkaklardir. Statistikada o‘rindoshlik asosida ishlayotganlar hisobga olinmagan.
Hududlar kesimida o‘qituvchilar soni bo‘yicha Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari yetakchilik qilmoqda. Har ikki viloyatda 65,1 ming nafardan pedagog faoliyat yuritadi. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati 60,6 ming nafar va Surxondaryo viloyati 52,3 ming nafar bilan qayd etilgan.
Boshqa hududlardagi ko‘rsatkichlar quyidagicha:
Andijon viloyati – 46,3 ming nafar;
Namangan viloyati – 42,6 ming nafar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 40,7 ming nafar;
Toshkent viloyati – 40,2 ming nafar;
Xorazm viloyati – 35,1 ming nafar;
Toshkent shahri – 34,1 ming nafar;
Buxoro viloyati – 33,4 ming nafar;
Jizzax viloyati – 25,7 ming nafar;
Navoiy viloyati – 22,3 ming nafar;
Sirdaryo viloyati – 14,2 ming nafar.
Eslatib o‘tamiz, 30 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi