O‘zbekistonda har payshanba “Yoshlar kuni” bo‘ladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” bo‘ladi. Bu haqda bugun, 24 fevral kuni “Ko‘ksaroy” qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan tashkil etilgan muloqotida aytib o‘tildi.

Shu kuni sohaga mas’ul rahbarlar mahalla, maktab va texnikumlarga borib, yoshlarni eshitadi va muammosini hal qiladi.

Hokimlar yoshlarbop savdo-servis loyihalarini qiladi, yoshlarning ta’lim olishi, sport bilan shug‘ullanishi, kasb va til o‘rganib, ishga kirishi yoki tadbirkorlik bilan shug‘ullanishiga ko‘maklashadi, startapchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, alohida mablag‘ va grantlar ajratadi.

Eng yaxshi tomorqachi, fermer, sanoatchi, startapchi, ijodkor, ma’naviyat va boshqa sohalardagi yoshlar uchun qiziqarli mavzularda tanlovlar va yarmarkalar o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev dunyoda kun sayin yoshlar ongini egallash bo‘yicha yangi tahdidlar yuzaga kelayotgan sharoitda barcha darajadagi rahbarlar yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangi ish tizimiga o‘tishi zarurligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Yoshlar kuni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing