O‘zbekistonda ham Qurbon hayiti qachon nishonlanishi e’lon qilindi
Jamiyat
−
11 iyun
81065Prezident Shavkat Mirziyoyev “Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qarorga ko‘ra, 2024 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16 iyun – yakshanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan mamlakatda 16 iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.
Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17 iyun – dushanba kuniga ko‘chiriladi, 18 iyun – seshanba kuni barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi.
"Mahalliy davlat hokimiyati organlari, mas’ul vazirlik va idoralarga muborak Qurbon hayitini xalqimizning milliy an’ana va urf-odatlariga uyg‘un holda o‘tkazish uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, yurtdoshlarimiz uchun muborak Qurbon hayiti kunlarida mo‘’tabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratish topshirildi", deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Saudiya Арабистонида ham Qurbon hayiti 16 iyunga to‘g‘ri kelishi xabar qilingandi.
LiveBarchasi