O‘zbekistonda hafta oxirida havo harorati pasayadi

Bu qiziq

image

O‘zbekistonda ob-havo sharoiti o‘zgarishi kutilmoqda. Bunga ertaga, 23 iyun kuni Qozog‘istondan atmosfera fronti o‘tishi sabab bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Respublikada ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat Toshkent viloyatida ertalab va kechqurun, Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li tumanlarida ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi harorat sezilarli pasayadi va 35-40 daraja atrofida, janubda va cho‘l zonasida 42 daraja issiq bo‘ladi. Havo oqimining o‘zgarishi bilan shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi.

24-25 iyunda respublikada ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.

26 iyunda mamlakat shimoliga, 27 iyunda qolgan hududlarga Volgabo‘yidan sovuq antitsiklonning kirishi kutilmoqda. Havo harorati 8-10 darajaga pasayib, 27-30 darajani tashkil qiladi, bu me’yoriy haroratdan 5-6 darajaga pastdir, tungi harorat esa o‘sha me’yorlarda saqlanib qoladi — 19-24 daraja bo‘ladi. Sovuq front o‘tishi bilan yana shamol kuchayib, 15-20 m/s tezlikda esishi prognoz qilinmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

235

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing