O‘zbekistonda hafta davomida sovuq havo kuzatiladi
Bu qiziq
−
14 fevral 2022
10851Bugun, 14 fevral kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha ob-havoni janubiy Ural hududlaridan kirib kelgan nam va sovuq antitsiklon belgilaydi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar qildi.
Respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi biroz yog‘ingarchilik bo‘ladi. Tog‘larda qor yog‘adi, kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, Qoraqalpog‘istonning, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlarining ayrim joylarida kuchayish 25-28 m/s gacha yetishi mumkin. Havo harorati 2-7° iliqdan oshmaydi.
Hafta o‘rtasigacha sovuq antitsiklon ta’siri saqlanib turadi. Respublikaning barcha hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Asosan kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° sovuqqacha, respublikaning shimolida 8-10° sovuqqacha pasayadi, kunduzi 2-5° iliq atrofida bo‘ladi.
Haftaning ikkinchi yarmida O‘zbekiston hududi bo‘yicha kuchsiz shamolli quruq ob-havo saqlanib turadi. Tungi sovuqlar zaiflasha boshlaydi, kunduz kunlari esa quyosh nurlari havoni 8-11° iliqqacha isitadi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
14 fevraldan 18 fevralgacha respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
LiveBarchasi