O‘zbekistonda yana yomg‘ir va momaqaldiroq kutilyapti

Bu qiziq

image

Bugun, 8 iyun kuni O‘zbekiston hududiga Kavkazdan salqin va nam havo oqimlari kirishni boshladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Markaz ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysida ob-havo nobarqaror bo‘lishi kutilmoqda, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. O‘zbekistonning qolgan hududida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 28-33 atrofida bo‘ladi, bu me’yoriy ko‘rsatkichlardan 2-3 darajaga pastdir. Respublika bo‘yicha ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 18-23 metrgacha kuchayishi mumkin.

9-10 iyun kuni mamlakat hududining katta qismida ob-havoning yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat fonining qulay bo‘lishi kutilmoqda, kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja issiq atrofida bo‘ladi.

9 iyunda shamolli ob-havo saqlanib turadi, ayrim joylarda shamolning shiddati sekundiga 18-20 metrgacha yetishi mumkin.

Keyinchalik haftaning oxirigacha ob-havo asosan yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat tog‘li hududlarda ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat yana asta-sekin ko‘tarila boshlaydi va haftaning oxiriga kelib kunduzi 34-37 darajagacha yetadi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

383

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing