O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

Bu qiziq

image

O‘zgidromet yangi haftada kuzatilishi mumkin bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 24-25 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. 26 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 24 yanvarda kechasi va kunduzi 2-7 daraja sovuq, 25 yanvarda kechasi 6-11 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq, 26 yanvarda kechasi 6-11 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida esa havo biroz bulutli bo‘ladi, 24-25 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 26 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 24 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 25 yanvarda kechasi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 26 yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi. Navoiy viloyatining shimolida 24 yanvarda kechasi va kunduzi 2-7 daraja sovuq, 25 yanvarda kechasi 6-11 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq, 26 yanvarda kechasi 6-11 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 24 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 25-26 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 24 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 25 yanvarda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 4-9 daraja iliq, 26 yanvarda kechasi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Shuningdek, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 24 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 25-26 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 24 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, 25 yanvarda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 4-9 daraja iliq, 26 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 24 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 25-26 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24 yanvarda 3 daraja sovuq 2 daraja iliq, 25-26 yanvarda 0-5 daraja iliq, kunduzi 24-25 yanvarda 5-10 daraja iliq, 26 yanvarda 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Bundan tashqari, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 24 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 25-26 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 24 yanvarda kechasi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 25 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 26 yanvarda kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo O'zbekiston O'zgidromet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing