O‘zbekistonda hafta boshida yomg‘ir yog‘adi
Jamiyat
−
19 Oktabr
26509O‘zgidromet, 21-23 oktyabr kuni kuzatiladigan ob-havo prognozlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 21 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 22-23 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-22 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21 oktyabrda kechasi 2-7 daraja, kunduzi 12-17 daraja, 22-23 oktyabrda kechasi 0-5 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21 oktyabrda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 17-22 daraja; 22 oktyabrda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 15-20 daraja, 23 oktyabrda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 21 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 22-23 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21 oktyabrda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja; 22 oktyabrda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 15-20 daraja, 23 oktyabrda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo havo biroz bulutli bo‘ladi, 21 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 22-23 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, 22 oktyabrda ayrim joylarda chang to‘zonlar bilan kuzatlishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 21 oktyabrda 20-25 daraja, 22 oktyabrda 17-22 daraja, 23 oktyabrda 15-20 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 21-22 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 23 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 21 oktyabrda 21-26 daraja, 22 oktyabrda 17-22 daraja, 23 oktyabrda 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 21 oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 22-23 oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 23 oktyabrda ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog‘li hududlarda qorga aylanadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-22 oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21 oktyabrda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 13-18 daraja, 22 oktyabrda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 10-15 daraja, 23 oktyabrda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.