O‘zbekistonda havo harorati pasayadi

Bu qiziq

image

Bugun, 13 dekabr kuni O‘zbekiston hududining katta qismiga Volga bo‘yi hududlaridan nam va sovuq havo kirib keldi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmat markazi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, tog‘li hududlarda kuchli bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduz kungi havo harorati 7-9 daraja iliq, shimolda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

14 dekabrda siklon ta’siri saqlanib turadi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechasi va ertalab, respublikaning qolgan hududlarida kun davomida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Respublikaning shimolida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 1-3 daraja sovuqqacha, kunduzi 3-5 daraja iliqgacha, respublikaning shimolida 7-12 daraja sovuqgacha, kunduzi 1-6 daraja sovuqgacha pasayadi, o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 4-6 darajaga past bo‘ladi.

15 dekabrda respublika bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida biroz qor yog‘ishi mumkin. Antitsiklonning sovuq periferiyasi ta’siri hisobiga kechasi havo harorati 4-6 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 3-5 daraja iliq atrofida saqlanib turadi.

16-17 dekabr kunlarida antitsiklon ta’siri asta-sekin zaiflashadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechalari 0-3 daraja sovuqni tashkil etadi, kunduz kunlari 7-10 daraja iliqqacha asta-sekin ko‘tariladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

503

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing