O‘zbekiston jinoyatchilik bo‘yicha reytingda pastladi
Jamiyat
−
19 iyul 2022
8394O‘zbekiston 2022 yilning birinchi yarim yilligi yakuniga ko‘ra jinoyatchilik va xavfsizlik darajasi bo‘yicha 142 davlat orasidan 104-o‘rinni egalladi. Bu o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 3 pog‘ona past degani. Tegishli reyting Numbeo tomonidan e’lon qilingan.
O‘zbekiston jinoyatchilik darajasi bo‘yicha 33,68 ball, xavfsizlik darajasi bo‘yicha 66,32 ball olgan. Reytingda quyi o‘rinlarni egallash mamlakatda xavfsizlik darajasi yuqoriligidan dalolat beradi.
Reytingda jinoyatchilik eng avj davlat sifatida Venesuela (jinoyatchilik darajasi 83,16 ball), Papua-Yangi Gvineya (80,26 ball), Afg‘oniston (78,19 ball) o‘rin olgan. Eng xavfli davlatlar TOP-10 taligiga Janubiy Afrika, Gonduras, Trinidad i Tobago, Gayana, Yamayka, El Salvador va Suriya kirgan.
Qatar eng xavfsiz davlat deb topilgan, xavfsizlik darajasi 85,85 ballga baholangan. Shuningdek, BAA (85,13), Tayvan (83,85), Men oroli (81,72), O‘mon sultonligi (80,28), Gonkong (78,38), Armaniston (78,25), Shveysariya (77,88), Yaponiya (77,76), Sloveniya (76,83) xavfsiz davlatlar o‘ntaligiga kirgan.
Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘iston 47-o‘rindan (jinoyatchilik darajasi – 53,04; xavfsizlik darajasi – 46,96;) va Qirg‘iziston 36-o‘rindan (jinoyatchilik darajasi – 55,88; xavfsizlik darajasi – 44,12;) joy olgan. Tojikiston va Turkmaniston reytingga kiritilmagan. Rossiya esa 94-o‘rinni band qilgan.
LiveBarchasi