O‘zbekiston Janubiy Koreyaga yirik hisobda yutqazdi
Sport
−
16:01 7290 1 daqiqa
Bugun, 14 mart kuni Avstraliya mezbonligida o‘tayotgan futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogi chorak final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyaga 0:6 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Janubiy koreyalik qizlar dastlabki bo‘limda ikki bor va ikkinchi bo‘limda to‘rt bor O‘zbekiston terma jamoasi darvozasini ishg‘ol qildi. Oqibatda Kotrina Kalbayte shogirdlari yirik 0:6 hisobida imkoniyatni qo‘ldan boy berdi.
Ushbu uchrashuvga Jahon chempionati yo‘llanmasi qo‘yilgan edi. Natijada Janubiy Koreya ayollar terma jamoasi 2027 yilgi Braziliyada bo‘lib o‘tadigan mundialga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Endilikda O‘zbekiston Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun chorak finalning boshqa bir juftligida mag‘lub bo‘lgan ishtirokchi bilan kurash olib boradi.