O‘zbekiston jamoalari shaxmat Olimpiadasining ikkinchi turida ham g‘alaba qozondi
Sport
−
12 Sentabr
5229Bugun, 12 sentyabr kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahrida start olgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 2-tur bahslari bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston erkaklar jamoasi 2.5-0.5 hisobda Misrni, ayollar jamoasi esa Angolani 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Qayd etish joiz, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi musobaqa amaldagi g‘olibi sifatida bahslarda ishtirok etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston erkaklar va qizlar jamoasi g‘alaba bilan boshlagandi. Erkaklar terma jamoasi vakillari Trinidad va Tobagoni 3.5-0.5 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, qizlar 4:0 hisobi bilan Gaiti jamoasini mag‘lub etgandi.
LiveBarchasi