O‘zbekiston jamoalari shaxmat Olimpiadasini g‘alaba bilan boshladi
Sport
−
12 Sentyabr 2024 6681 1 daqiqa
Kecha, 11 sentyabr kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahrida start olgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasini O‘zbekiston erkaklar va qizlar jamoasi g‘alaba bilan boshladi.
Erkaklar terma jamoasi vakillari Trinidad va Tobagoni 3.5-0.5 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, qizlar 4:0 hisobi bilan Gaiti jamoasini mag‘lub etdi.
45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 2-tur o‘yinlarida O‘zbekiston erkaklar jamoasi Misr bilan, ayollar jamoasi esa Angola bilan kuch sinashadi.
Qayd etish joiz, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi musobaqa amaldagi g‘olibi sifatida bahslarda ishtirok etmoqda.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr