O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining GSP+ dasturiga qo‘shildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining GSP+ preferensiyalar dasturiga qabul qilindi. Bu haqda Yevropa Komissiyasining rasmiy saytida xabar berilgan.

Ma’lum qilinishicha, GSP+ ishtirokchisi sifatida O‘zbekiston standart GSP sxemasidan ko‘ra ko‘proq qo‘shimcha iqtisodiy manfaatlar oladi. Ya’ni, Standart GSP liniyasining uchdan ikki qismi mahsulotlar lineykasi bo‘yicha tariflar bekor qilinadi.

“Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston Respublikasini bir tomonlama umumiy imtiyozlar sxemasi (GSP) asosida barqaror rivojlanish va yaxshi boshqaruvni rivojlantirish bo‘yicha maxsus tizimning (GSP+) to‘qqizinchi benefitsiar mamlakati deb tan oldi. Yevropa Ittifoqi ushbu kelishuv asosida O‘zbekistondan olib kiriladigan tovarlarga imtiyozli bojlarni 2021 yil 10 apreldan amal qilishni boshlaydi”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning GSP+ benefitsiari sifatida qabul qilinishi Hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, ishbilarmonlik muhiti, sud tizimi, xavfsizlik xizmatlari, ish sharoitlari, ma’muriy javobgarlik va samaradorlikni yaxshilash bo‘yicha tan olinganligini aks ettiradi. Bu, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy va mehnat sohalaridagi izchil ijobiy rivojlanishdan dalolat beradi.

Xabarga ko‘ra, dasturga to‘liq a’zo bo‘lgan davlat Yevropa Ittifoqi bozorlariga 3 minga yaqin mahsulotlarni bojxona to‘lovlarisiz, 3200 turdagi mahsulotlarni esa pasaytirilgan stavkalar bo‘yicha eksport qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

GSP+ sxemasidan bugungi kunda 9 ta davlat foydalanmoqda, MDH davlatlaridan yana Armaniston va Qirg‘iziston ham benefitsiar hisoblanadi. 

Sxema qator majburiyatlarni ham yuklaydi. Masalan, mamlakat inson huquqlari, ekologiya, mehnat huquqlari, samarali boshqaruvga oid 27 ta Xalqaro konvensiyalarni samarali bajarish majburiyatini oladi. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston tomoni ikkita qonun – Jinoyat hamda Mehnat kodekslarini qayta ko‘rib chiqishi jarayoniga e’tibor qaratayotganini rasman ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

178

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing