O‘zbekiston yordamida Mozori-Sharif xalqaro aeroporti qayta tiklandi

Jamiyat

image

Afg‘onistonda Mavlono Jaloliddin Balxiy nomidagi Mozori-Sharif xalqaro aeroporti faoliyatini tiklash bo‘yicha texnik yordam ko‘rsatish jarayoni yakunlandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Mozori-Sharif xalqaro aeroportini tiklash jarayoni yakuniga bag‘ishlangan marosimda O‘zbekiston tomonidan Transport vazirligi, “O‘zaviatsiya” agentligi, “O‘zaeronavigatsiya” markazi DUK, “Uzbekistan Airports” AJ, “O‘zgidromet” vakillaridan iborat delegatsiya ishtirok etgan.

Ushbu marosimda O‘zbekiston qo‘shni Afg‘onistonning iqtisodiy tiklanishiga, transport va energetika infratuzilmasini shakllantirishga ulkan hissa qo‘shayotgani aytilib, ushbu xalqaro aeroport faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yishda ham O‘zbekiston tomonidan texnik yordam ko‘rsatilgani alohida ta’kidlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, qisqa vaqt ichida aeroport haftasiga 4 ta mahalliy va 1 ta xalqaro havo qatnoviga xizmat ko‘rsata boshlagan.

Shuningdek, texnik ta’minlash yo‘nalishi bo‘yicha Mozori-Sharif aerodromining uchish-qo‘nish yo‘lagi qoplamasi, havo kemalari uchun burilish yo‘laklari va to‘xtab turish joylaridagi belgilar bo‘yog‘i to‘liq yangilangan. “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan hududning elektr va yorug‘lik-texnik ta’minoti zamonaviy talab darajasiga keltirilgan.

Xabarda aytilishicha,  O‘zbekiston aeroportlarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar Afg‘onistonning mazkur aeroportiga jalb qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

169

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing