O‘zbekiston YeHXT bilan saylov jarayonlari bo‘yicha hamkorlikni kuchaytiradi

Jamiyat

image

Joriy yilning 17 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov Varshava shahrida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (YXHT DIIHB) direktori Matteo Mekachchi bilan uchrashdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va YXHT DIIHB o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari bo‘yicha fikr almashilgan.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri YeXHT va uning tuzilmalari, shu jumladan inson huquqlari, demokratik institutlarni mustahkamlash va himoya qilish, saylov jarayonlarini takomillashtirish masalari bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish hisoblanadi.

Suhbat davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

90

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing