O‘zbekiston yashirin iqtisodiyot ulushi bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi bo‘ldi
Jamiyat
−
01 iyul 2021
107302019 yilda O‘zbekistonning yalpi ichki mahsulotidagi yashirin iqtisodiyotning ulushi 52,11 foizni tashkil etdi. Bu borada mamlakat Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni egalladi.
Tahlil va tadqiqotlarga ko‘ra, dunyo mamlakatlarida yashirin iqtisodiyot ko‘rsatkichlari AQSHda 8 foiz, Braziliyada 36,5 foiz, Ispaniyada 21,7 foiz, Italiyada 19,5 foiz, Portugaliyada 18,5 foiz, Koreyada 18,4 foiz, Xitoyda 14,5 foizni tashkil etadi. Shuningdek, ushbu ko‘rsatkich Kanadada 11 foiz, Germaniyada 10,2 foiz, Buyuk Britaniyada 9,6 foiz, Avstriyada 9 foiz, Singapurda 8,6 foiz va Yaponiyada 8,1 foizni tashkil qilgan.
Markaziy Osiyo mamlakatlarida ushbu ko‘rsatkich quyidagi holatda: O‘zbekistonda 52,11 foiz, Tojikistonda 40,76 foiz, Qozog‘istonda 36,65 foiz va Qirg‘izistonda 30,53 foiz.
Ta’kidlanishicha, yashirin iqtisodiyot jamiyat va davlatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, xususan:
• raqobat muhitining buzilishi va shaffoflikning yo‘qligi;
• mahsulotlar sifati va miqdorining pasayishi;
• davlat byudjetiga soliq tushumlarini kamaytirish;
• ijtimoiy va iqtisodiy institutlarni qo‘llab-quvvatlash uchun soliq yukini oshirish;
• iqtisodiy o‘sishning pasayishida.
LiveBarchasi