O‘zbekiston yangilangan FIFA reytingida ikki pog‘ona yuqoriladi

Sport

image

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Xalqaro futbol federatsiyasining (FIFA) yangilangan reytingida 58-o‘rinni egalladi.

Srechko Katanets shogirdlari o‘tgan oydagidan ikki pog‘ona yuqorilashga erishdi. Oktyabr oyida O‘zbekiston terma jamoasi Eron va BAAga qarshi o‘yinlar o‘tkazib, bitta g‘alaba va durang qayd etdi. Hozirda O‘zbekiston Osiyo jamoalari ichida FIFA reytingida 7-jamoa bo‘lib turibdi.

Osiyo terma jamoalari ichida hamon Yaponiya terma jamoasi eng yaxshi o‘rinni band etgan. Kun chiqar yurt vakillari FIFA reytingida 15-o‘ringa joylashdi. O‘zbekiston bilan JCH-2026 saralashida bir guruhdan joy olgan Eron esa 19-o‘rinni egalladi. 

Reytingni hali-hamon amaldagi Jahon chempioni Argentina terma jamoasi boshqarmoqda. Kuchli beshlikka Fransiya, Ispaniya, Angliya va Braziliya terma jamoalari kirishni uddalagan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Yaponiya Xalqaro futbol federatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing