O‘zbekiston yana oltin sotish bo‘yicha dunyoda birinchi bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston joriy yilning fevral oyida oltinning asosiy sotuvchisiga aylandi. Bu haqda Jahon oltin kengashi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu oyda O‘zbekiston Markaziy banki 12 tonna qimmatbaho metall sotgan bo‘lsa, keyingi o‘rinni Iordaniya (4 tonna oltin sotgan) egallagan. Fevral oyida markaziy banklar tomonidan sotib olingan oltinning umumiy hajmi 19 tonnani tashkil etgan, bu mart oyiga nisbatan 58 foizga kam.

Qimmatbaho metallarni xarid qilish bo‘yicha eng katta ko‘rsatkich Xitoy Xalq banki (12 tonna), shuningdek, Qozog‘iston Milliy bankiga to‘g‘ri kelmoqda. Bundan tashqari, Turkiya Markaziy banki oltin zaxiralarini 4 tonnaga oshirgan.

Ma’lumot uchun, oltin sotuvi O‘zbekiston eksportida katta ulushga ega. Masalan, joriy yil fevral oyidagi oltin savdosi mamlakatning ikki oylik eksporti hajmining 36,3 foiziga teng bo‘lgan.

O‘zbekiston 2023 yil yanvarda 1,2 milliard dollarlik oltin eksport qilgan. Joriy yil yanvarida esa oltin sotilmagan. Shuning hisobiga mamlakat eksport hajmi o‘tgan yilning yanvariga nisbatan keskin qisqargan. 

Rayhona Ulkanabeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston Oltin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing