O‘zbekiston yana bir Yevropa davlati balan aviareyslarni tikladi

Jamiyat

image

COVID-19 pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan bir yildan ortiq tanaffusdan so‘ng, “Uzbekistan Airways” AJning “Toshkent-Riga-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha Latviya bilan muntazam parvozlari qayta tiklandi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.

Koronavirus infeksiyasining global tarqalishi sababli ushbu yo‘nalishda muntazam reyslar 2020 yil mart oyida vaqtincha to‘xtatilgan edi.

O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, tiklangan parvoz A-320 NEO laynerida amalga oshirilgan.

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi vakillari may oyida parvozlar dushanba kunlari amalga oshirilishini va pandemiya bilan bog‘liq vaziyat yaxshilangani sari juma kunlari ham yo‘lga qo‘yilishini ta’kidladi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston aviakompaniyasi uchun Riga Osiyoni Yevropa bilan bog‘laydigan asosiy nuqtadir.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 may kuni Turkiyada epidemiologik vaziyat og‘irlashgan bir sharoitda “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Istanbulga amalga oshiriladigan reyslarini bekor qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

117

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing