O‘zbekiston Yamanda sulhga erishilganini olqishladi
Jamiyat
−
13 aprel 2022
14551O‘zbekiston Respublikasi Yamanda BMT vositachiligida ikki oylik sulh va o‘t ochishni to‘xtatish e’lon qilinganini olqishlaydi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi bayonotida so‘z boradi.
“Harbiy harakatlarga vaqtinchalik moratoriy, shuningdek, ushbu mamlakatda qonuniylikni ta’minlash uchun ko‘rsatilgan qat’iyat Yamanda keng qamrovli tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish yo‘lida murosaga erishish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi deb hisoblaymiz.
Biz barcha kurashayotgan tomonlarni ixtilofni muloqot va diplomatik yo‘l bilan hal qilish uchun vazmin bo‘lishga va siyosiy iroda ko‘rsatishga chorlaymiz”, deyiladi rasmiy bayonotda.
Ma’lumot uchun, Yamandagi mojaro ishtirokchilari BMT taklifiga rozi bo‘lib, ikki oylik sulhga erishdi.
Qarama-qarshi tomonlar bilan muloqotda bo‘lgan BMTning maxsus elchisi Xans Grundbergning ta’kidlashicha, umummilliy sulh Ramazon oyi boshlanishiga to‘g‘ri keladi. U joriy yilning 1 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:00 da boshlandi va 2016 yildan beri harbiy harakatlarni to‘xtatish to‘g‘risidagi birinchi sulh bo‘ldi.
LiveBarchasi