O‘zbekiston World Muslim Travel Index’da top-10 ga kirdi

Olam

image

O‘zbekiston CrescentRating tomonidan har yili e’lon qilinadigan World Muslim Travel Index’da kuchli o‘ntalikka kirdi. Bu haqda Singapurda musulmon turizm bozorini tiklash va rivojlantirishga bag‘ishlangan “Halal In Travel – Global Summit 2022” sammitida ma’lum qilingan.

Qayd etilishicha, ushbu reytingni ishlab chiqishda mamlakatning sayyohlar uchun ochiqlik siyosati, musulmon turistlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, targ‘ibot va marketing, islom merosini sayyohlarga yetkazish darajasi kabi qirqdan ortiq mezon hisobga olingan.

CrescentRating tashkiloti rahbari Fazal Bahardin joriy yilgi ko‘rsatkichlarga alohida to‘xtalib, O‘zbekistonni reytingda eng tez ko‘tarilgan va boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan davlat sifatida tan olgan.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda 1 yanvardan boshlab 35 ta restoran (tezkor ovqatlanish tarmoqlari) va 4 ta mehmonxona reyting va “Halol” sertifikatiga ega bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

247

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing