O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi ortadi
Jamiyat
−
17 fevral 2023 6056 1 daqiqa
Ukraina va O‘zbekiston o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 16 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Ukrainaning favqulodda va muxtor elchisi Mikola Doroshenkoni qabul qilgan. Uchrashuvda O‘zbekiston-Ukraina hamkorligining turli sohalardagi dolzarb masalalari muhokama qilingan.
Shuningdek, muloqot chog‘ida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Live
Barchasi