O‘zbekiston va Tojikiston yangi avtotransport yo‘nalishlarini ochishni muhokama qildi
Jamiyat
−
21 Sentabr 2020
7418O‘zbekiston va Tojikiston yuk va yo‘lovchilarni uzluksiz tashish, yuk tashish hajmini oshirish, temir yo‘l sohasidagi hamkorlik va avtomobil yo‘llarida yangi yo‘nalishlarni ochish masalalarini muhokama qilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Mahkamov poytaxt Dushanbeda bo‘lib, Tojikiston Respublikasi Transport vaziri Azim Ibrohim bilan uchrashdi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda ikki qardosh mamlakat o‘rtasida yuk va yo‘lovchi tashuvlari uzluksizligini ta’minlash, xususan, davlatlar o‘rtasida yuk tashuvlari hajmini oshirish, temir yo‘l sohasidagi hamkorlik hamda yangi avtotransport yo‘nalishlarini ochish masalalari muhokama qilingan.
Tojikiston Respublikasi Transport vaziri Azim Ibrohim so‘nggi oylarda dunyoda kuzatilayotgan koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat avtotransport qatnovi har bir davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatgan. “Aynan shuning uchun ham ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada kengaytirishimiz lozim”, deya ta’kidlagan.
Uchrashuvda tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan konstruktiv takliflar bildirgani aytilmoqda.
LiveBarchasi