O‘zbekiston va Tojikiston rasmiylari chegara masalasida uchrashuv o‘tkazadi

Jamiyat

image

Joriy yil 24-29 avgust kunlari Dushanbe shahrida Tojikiston-O‘zbekiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Asia Plus” xabar berdi.

Qayd etilishicha, bir necha kun davom etadigan muzokara davomida tomonlar ikki davlat chegarasidagi demarkatsiya ishlarini muhokama qiladi, demarkatsiya chizig‘i loyihasi va chegara chizig‘idagi belgilar bo‘yicha fikr almashadi.

Ma’lum bo‘lishicha, Dushanbe va Toshkentda geodeziya, kartografiya, mutaxassislari, tashqi ishlar vazirligi va chegara xizmati xodimlaridan iborat ishchi guruhga ular 2021 yil oxirigacha ikki davlat chegaralarida chegara ustunlari o‘rnatish tartibini tasdiqlash vazifasi yuklatilgan.

Ta’kidlanishicha, ikki davlat o‘rtasidagi davlat chegarasini to‘liq delimitatsiya qilish 2019 yilda yakunlangan.

Ma’lumot o‘rnida, Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tojik-o‘zbek davlat chegarasining ayrim uchastkalari to‘g‘risidagi shartnoma 2018 yil 9-10 mart kunlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega davlat tashrifi doirasida imzolangan. Tojikiston parlamenti ushbu shartnomani 2018 yil 19 aprelda ratifikatsiya qilgan.

Tojikiston Yerni boshqarish va geodeziya davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, tojik-o‘zbek chegarasining uzunligi 1332 kilometrni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

222

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing