O‘zbekiston va Tojikiston ichimlik suvi olishda Sarez ko‘lidan foydalanmoqchi

Jamiyat

image

O‘zbekiston va Tojikiston Sarez ko‘lidan ichimlik suvi olish masalasini muhokama qildi. Bu haqda joriy yilning 3 avgust kuni Tojikistonning Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida Markaziy Osiyo transchegaraviy daryolari suv resurslaridan kompleks foydalanish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruhining 7-yig‘ilishida so‘z bordi.

Yig‘ilishda mintaqa mamlakatlarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun Sarez ko‘li suv resurslaridan foydalanish masalalari, Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida suv xo‘jaligi sohasida yangi qo‘shma transchegaraviy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilingan.

Qayd etilishicha, Sarez suvidan ikki davlatning ichimlik suvi ehtiyojlari uchun foydalanish masalasi 2018 yildayoq ikki davlat rahbarlari Imomali Rahmon va Shavkat Mirziyoyev tomonidan Tojikiston Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida muhokama qilingan. Prezidentlar savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaga bu imkoniyatni o‘rganish bo‘yicha topshiriq bergan.

Imomali Rahmon xalqaro forumlardagi nutqlarida Tojikiston chuchuk suv bo‘yicha katta resurslarga egaligini bir necha bor ta’kidlab, Markaziy Osiyo mamlakatlarini uzoq muddatli ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun Sarez ko‘lidan foydalanishni taklif qilgan.

Respublika hukumati ham Sarezdan Osiyoning boshqa mamlakatlariga, xususan, Eron, Iordaniya va Birlashgan Arab Amirliklariga ichimlik suvi yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishni taklif qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston O'zbekiston suv ichimlik Sarez

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing