O‘zbekiston va Tojikiston chegara bo‘yicha muzokara o‘tkazdi

Jamiyat

image

Bugun, 9 iyul kuni O‘zbekiston – Tojikiston demarkatsiya qo‘shma komissiyasida O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari ishchi delegatsiyalarining navbatdagi yig‘ilishi nihoyasiga yetdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 4-9 iyul kunlari Farg‘onada bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida tomonlar O‘zbekiston-Tojikiston davlat chegarasi liniyasi bo‘yicha demarkatsiya ishlarini muhokama qilib, demarkatsiya liniyasi loyihasi va davlatlararo chegarada chegara belgilarining o‘rnatilishi yuzasidan fikr almashgan.

Tomonlar O‘zbekiston – Tojikiston davlat chegarasida dala demarkatsiyasi ishlarini davom ettirishga kelishib olgan.

Uchrashuv do‘stlik va o‘zaro tushunish ruhida o‘tgan. Tadbir yakunlari bo‘yicha Protokol imzolangan.

Tojikistonning yana bir qo‘shni davlat Qirg‘iziston bilan chegarasida notinchliklar haligacha davom etmoqda. Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 28 aprel kuni Qirg‘izistonning Botken viloyati Ko‘k-Tosh qishlog‘i yaqinidagi “Golovnoy” suv olish joyidagi davlat chegarasining qirg‘iz-tojik qismida ikki mamlakat mahalliy aholisi o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. 29 aprelda Qirg‘iziston va Tojikiston xavfsizlik kuchlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuvga aylandi. Qirg‘izistonning Botken viloyati Botken va Laylak tumanlarida otishmalar 30 aprel va 1 may kunlari davom etdi. 

1 may kuni tomonlar otishmani to‘liq to‘xtatish va chegaradan kuchlarni olib chiqib ketish to‘g‘risida kelishib olishga muvaffaq bo‘ldi. Xuddi shu kuni tojikistonlik harbiylar Qirg‘iziston hududidan chiqib ketdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

543

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing