O‘zbekiston va Slovakiya nimalarga kelishib oldi?
Jamiyat
−
09 iyun 3590 2 daqiqa
Bugun, 9 iyun kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitso Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Yetakchilar huzurida ikki tomonlama hujjatlar, xususan:
- diplomatik kadrlar tayyorlash to‘g‘risida;
- qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
- standartlashtirish, metrologiya va tovarlarning muvofiqligini baholash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
- energetika bozorlarini tartibga solish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar;
- 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik dasturi;
- 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan standartlashtirish sohasidagi hamkorlik dasturi almashildi.

Ma’lumki, Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitso kecha, 8 iyun kuni kechqurun O‘zbekistonga kelgandi. Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Bugun, 9 iyun kuni u “Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Yuqori martabali mehmon boshchiligidagi Slovakiya delegatsiyasi vakillariga majmuaning me’moriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Fitsoga O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev hamrohlik qildi.
Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitsoni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
Shundan so‘ng, Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitsoning muzokaralari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Uchrashuv avvalida Mirziyoyev ushbu tashrif ko‘p qirrali O‘zbekiston-Slovakiya munosabatlari tarixida sifat jihatidan yangi bosqichni boshlab berishini alohida ta’kidlagan.
Fitso IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham ishtirok etadi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr